22:59 / 01.02.2016
5135

Titandan ishlangan superkar asimmetrik xetchbek ko‘rinishida yaratildi

Shanxayda joylashgan Icona kompaniyasi shahar uchun mo‘ljallangan, asimmetrik dizaynga ega Neo elektromobili prototipini namoyish qildi. O‘tgan yozda kompaniya kuzovi karbon va titandan ishlangan Vulcano superkarini yaratgandi.

"Neo" shunday loyihalanganki, uning chap tomonida faqatgina bitta haydovchi eshigi, o‘ng tomonida ikkita eshik bor. Bunga yo‘lovchilarning xavfsizligi maqsadida qaror qilingan: ular har doim avtomobilning o‘ng tomonidan, ya'ni yo‘lning qatnov qismi tomondan emas, balki trotuar tomondan tushadilar.

Icona Neo 3,4 metr uzunlikka, 1,63 metr enga, 1,5 metr balandlikka ega. Yangi modelning g‘ildiraklar bazasi 2,2 metrga teng.

Xetchbek g‘ildiraklariga o‘rnatilgan elektrodvigatellar yordamida harakatlanadi. Ularning umumiy quvvati 28 ot kuchini tashkil qiladi. "Neo"ning maksimal tezligi 120 km/soatni, shahar sharoitida yurish zaxirasi 150 kmni tashkil qiladi.

Prototip 720 kg og‘irlikka ega. Ulardan 130 kilogrami dvigatellarga to‘g‘ri keladi. Akkumulyatorlar to‘plami og‘irligi 90 kg ni tashkil qiladi.

Top