Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL jamoalari 2015-16 yillar mavsumida transferlar uchun rekord darajada mablag‘ sarfladi
Angliya premer ligasi jamoalari 2015-16 yilgi mavsumning ikki transferlar oyi vaqtida jami bo‘lib 1,045 mlrd dollar miqdoridagi mablag‘ sarflagan. Bu haqda Deloitte tadqiqot kompaniyasi ma'lumotlarida keltirilgan.
Qayd etish kerakki, bu Angliya chempionati tarixidagi yangi rekord hisoblanadi. Bundan oldingi yuqori ko‘rsatkich 2014-15 yillar mavsumida kuzatilgandi - 965 mln dollar.
Joriy yilgi qishki transferlar vaqtida ingliz jamoalari 175 mln yevro sarflashgan. Bu ham keyingi 5 yil davomida kuzatilmagan yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Qishki transferlar darichasi 1 yanvar kuni ochilib, 2 fevralga o‘tar kechasi yopildi.
«Nyukasl» qishki transferlar vaqtida APL klublari ichida eng ko‘p xarajat qilgan jamoa bo‘ldi