Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yevropadagi harbiy kontingentini kuchaytirish uchun 3,4 mlrd dollar yo‘naltiradi
AQSh hukumati o‘zining Yevropaga joylashtirilgan harbiy kontingentini kuchaytirish maqsadida 3,4 mlrd dollar yo‘naltiradi. Bu haqda AQSh prezidenti ma'muriyatidagi manbasiga asoslangan holda The New York Times nashri xabar bergan.
"Bu Yevropadagi vujudga kelgan xavfli sharoitlarga javoban shoshilinch reaksiya hisoblanadi. Bu Rossiyaning mintaqada yuzaga keltirgan murakkab vaziyati tufayli", degan manba.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya, Ruminiya hamda Boltiq bo‘yi davlatlaridagi qismlar yangi harbiy texnikalar va qurollar bilan to‘ldiriladi.