Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyadagi nashrlar Gvardiola «Manchester Siti»ga Messini olib kelishi ehtimoli haqida yozishmoqda
Britaniyaning The Telegraph nashri Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti» bosh murabbiyligiga tayinlaganidan so‘ng e'lon qilgan maqolasida ispaniyalik mutaxassisning klubga «Barselona» futbolisi Lionel Messini olib kelish imkoniyatlari borasida ham to‘xtalib o‘tgan.
«Manchester Siti» endilikda yangi transfer mavsumi oldidan «Bavariya» himoyachisi David Alaba, «Everton» himoyachisi Jon Stounz va «Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogbani o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.
«Siti»dagilar Gvardiolaning jamoaga kelishi, istalgan futbolchini jamoa taklif qilishda katta yutuq bo‘lib xizmat qilishini yaxshi bilishadi. Shu ma'noda klub Messini ham sotib olishi mumkin. Endi Messining klubga kelishi imkoniyatlari oshdi», deyiladi maqolada.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola 2016 yil 1 iyulidan boshlab «Manchester Siti»ni boshqaradi. Uch yillik shartnomaga ko‘ra, Gvardiola yiliga 26,5 million yevro maosh oladi.