Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:44 / 02.02.2016
1957
1 daqiqa o‘qiladi
Eron TIV rahbari 2004 yildan beri ilk marta Buyuk Britaniyaga boradi
Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif 5 fevral kuni Buyuk Britaniyaga tashrif uyushtiradi. Bu haqda Fars agentligi xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, eronlik vazir 5 fevral kuni Londonda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanish jarayoni bo‘yicha muzokara o‘tkazadi.
Muhammad Javod Zarifning tashrifi Buyuk Britaniyaga keyingi 12 yil ichida ilk eronlik vazirning tashrifi bo‘lishi kutilmoqda.
Oxirgi marta Londonga 2004 yilda Eronning sobiq tashqi ishlar vaziri Kamol Xoraziy borgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish