Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:11 / 02.02.2016
4011
1 daqiqa o‘qiladi
Eron Turkiyaga gazni chegirma bilan beradigan bo‘ldi
Xalqaro hakamlik sudi Turkiyaning Eronga qarshi gazga chegirma belgilash bo‘yicha da'vosini qondirdi, deb xabar beradi Shana.
Eron milliy gaz kompaniyasi rahbari Hamid Rizo Araqiyning so‘zlariga qaraganda, Turkiyaning da'vosi to‘liq qondirilmadi. Anqara 35.5 foiz miqdorida chegirma berishni talab qilgani holda, sud bu ko‘rsatkichni 10-15 foiz qilib belgiladi.
Turkiya Erondan har yili 10 mlrd kub gaz xarid qiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish