19:23 / 02.02.2016
5832

«Fenerbahche»dan Xitoy jamoalaridan biriga o‘tishni istamagan Nanini xotini tashlab ketdi

Turkiyaning «Fenerbahche» klubining portugaliyalik futbolchisi Nani turk jamoasini tark etishni xohlamagani uchun rafiqasi bilan janjallashib qolgan. Bu haqda Fotomac.tr nashri xabar tarqatdi.

Portugaliyalik futbolchining xotini Daniela Martinsh futbolchidan uning transferi uchun «Fenerbahche»ga 20 million yevro, futbolchining o‘ziga esa 10 million yevro yillik maosh berishga tayyor bo‘lib turgan Xitoy klublaridan biriga o‘tishi uchun ko‘ndirmoqchi bo‘lgan.

Nani mavsum oxiriga qadar Istanbul klubini tark etmasligini bildirgan. Shundan keyin uning xotini ikki nafar farzandini olib Turkiyadan Portugaliyaga ketib qolgan.

Ma'lumot uchun, hozirgi klubida Nani yiliga besh million yevro maosh olmoqda.

Top