Jamiyat | 17:05 / 02.02.2016
3450
1 daqiqa o‘qiladi

Gmail milliardinchi foydalanuvchiga ega bo‘lgan Google`ning yettinchi xizmatiga aylandi

Gmail elektron pochta xizmati bir oylik auditoriyasi hajmini milliard kishiga yetkazdi. Bu haqda Google bosh direktori Sundar Pichay kompaniyaning investorlar ishtirokidagi 2015 yil to‘rtinchi chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida ma'lum qildi.

Bundan avval milliardlik natijani Google qidiruv, Android, Chrome brauzeri, Google Play mobil ilovalar do‘koni, Google Maps va YouTube qayd etgan edi.  Gmail keng ommaga 2004 yilning 1 aprel kuni taqdim etilgan edi. 2015 yilning mayiga kelib uning faol foydalanuvchilari soni 900 milliondan oshdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish