Jahon | 23:49 / 02.02.2016
3959
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistondagi mehmonxonada yashash uchun haqni mijozlarning o‘zlari belgilashlariga ruxsat berildi

Ibis mehmonxonalar tarmog‘ining Hindistonning Chennay shahridagi yangi Chennai City Centre mehmonxonasi o‘z mijozlariga mehmonxonada yashash uchun to‘lanadigan haq miqdorini o‘zlari belgilashlariga ruxsat berdi. Bu haqda Business Traveller xabar bermoqda. Bu aksiya Pay What You Want (Qancha istasangiz shuncha to‘lang") deb nomlangan.

Mijozlar uch yulduzli mehmonxonani tark etayotganlarida u yerdagi xizmat ko‘rsatish va qulaylik darajasini baholab, unga mos haq qoldirishadi. Aktsiya mehmonxonada 1 fevraldan 29 fevralgacha bo‘lgan davrda bir kunga qoladigan sayyohlarga tatbiq qilinadi.

Ibis Chennai City Centre mehmonxonasida 155 ta xona mavjud bo‘lib, uning hududida tennis korti, golf maydonchasi, trenajyor zali bor.

AccorHotels kompaniyasiga tegishli Ibis mehmonxonalar xalqaro tarmog‘i 1967 yilda tashkil etilgan. Tarmoqning birinchi mehmonxonasi 1974 yilda Fransiyaning Bordo shahrida ochilgan. Ayni vaqtda tarmoq dunyo bo‘ylab mingdan ko‘proq mehmonxonalarga ega.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish