Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inesta Ispaniyada yil sportchisi bo‘ldi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Andres Inesta Ispaniyaning 2015 yilgi eng yaxshi erkak sportchisi deb topildi. Bu haqda kataloniyaliklar jamoasi rasmiy saytida xabar berilgan.
O‘tkazilgan so‘rovnomada unga "Chikago" jamoasi basketbolchisi Pau Gazol va "Yamaxi" motopoygachisi Xorxe Lorentso asosiy raqiblar bo‘lishgan.
"Menga ovoz berganlarga minnatdorchilik bildiraman. Men bu sovrinni yaxshi va yomon kunlarda ishonch bildirgan va qo‘llab-quvvatlaganlarga bag‘ishlayman. Bu albatta, yaxshi mehnatning samarasidir.
Yil ajoyib o‘tdi. G‘alaba qozonish va muvaffaqiyatlarni takrorlash juda qiyin ish. Biz yanada ko‘proq g‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz", — degan Inesta.
Eslatib o‘tamiz, Inesta o‘tgan mavsumda jamoasi bilan trebl qayd etdi. 31 yoshli bu futbolchi "Barselona" bilan shu vaqtgacha 26ta sovrin yutgan. U shuningdek, terma jamoa bilan bir marta jahon chempioni, 2 marta Yevropa chempioni bo‘lgan.