09:51 / 02.02.2016
4421

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti Zika virusi sababli xalqaro favqulodda vaziyatni e'lon qildi

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti Zika virusi avj olishi sababli xalqaro favqulodda vaziyatni e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, bu qaror kasallikning Braziliyada tug‘ma nuqsonlar bilan dunyoga kelayotgan minglab bolalar qayd qilinayotgani bilan bog‘liq holda tez sur'atlarda tarqalishi sababli qabul qilingan.

JSST bu holat dunyo davlatlarining kasallikni tadqiq qilish bo‘yicha harakatlarini tezlashtirishi kerak, deb hisoblamoqda. Bungacha tashkilot kasallikning tarqalishiga nisbatan yetarlicha tezkor javob bermayotgani uchun tanqid qilinayotgandi.

Zika bezgagi homilador ayollar uchun ko‘proq xavf soladi, chunki homilada miyani og‘ir jarohatlovchi mikrotsefaliya kasalligini keltirib chiqaradi. Bunday holatlar Braziliyada ko‘plab qayd qilinmoqda.

Top