Jahon | 21:24 / 02.02.2016
10508
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR Janubiy Koreya hududiga sigareta qoldiqlari va hojatxona qog‘ozi tashladi

KXDR Janubiy Koreya hududiga sigareta qoldiqlari va hojatxona qog‘ozi tashladi. Bu haqda Daily Mail nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Shimoliy Koreya hududidan geliy to‘ldirilgan sharlar uchib kelgan bo‘lib, ularga tashviqot varaqalari va hojatxona qog‘ozi, shuningdek, sigareta qoldiqlari mustahkamlangan edi.

Har bir sharga, shuningdek, taymerli kichik portlovchi uskuna o‘rnatilgan edi. Ularning ko‘pchiligi portlamagan. Janubiy Koreya harbiylari sharlar ichida kimyoviy yoki biologik qurol bor deb gumon qilishgan.

Bu KXDRning Janubiy Koreya tomonidan chegarada olib borilayotgan targ‘ibotning kuchaytirilishiga javob bo‘ldi. Targ‘ibot, o‘z navbatida, 6 yanvar kuni Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan o‘tkazgani haqidagi bayonotdan so‘z kuchaytirilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish