O‘zbekiston | 11:40 / 02.02.2016
2231
2 daqiqa o‘qiladi

Latviya O‘zbekistonga ekotexnologiyalarni rivojlantirishda ko‘maklashadi

Latviya O‘zbekiston bilan atrof-muhit va ekologik toza texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Sputnik agentligi xabar qildi.

“Aytish mumkinki, bugungi kunda bu boradagi hamkorligimiz yomon rivojlanayotgani yo‘q. Bular hozirdagi yaxshi darajada turgan o‘zaro manfaatli munosabatlarimiz natijasi hisoblanadi. O‘tgan yili biz atrof-muhit va energiyatejamkor “yashil” texnologiyalar bilan bog‘liq bir nechta loyihalarni amalga oshirdik”, - deydi agentlik suhbatdoshi.

Latviya O‘zbekistonning sanoat korxonalarida havoni tozalash va monitoring tizimlaridan foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalarini investitsiya qilishga tayyor. Bundan tashqari, mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ular qator ekologik foydalarni keltirishi mumkin bo‘lgan yuqori-faol organik moddalarni ishlab chiqarish texnologiyalaridan O‘zbekiston sharoitida foydalanishni taklif etmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston Tabiatni muhoafaza qilish qo‘mitasi hamda Latviya atrof-muhit uchun yechimlar instituti o‘rtasida bir-birini tushunish to‘g‘risidagi memorandum imzolangan. Latviya O‘zbekistonning Yevropadagi uchinchi yirik hamkori hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish