10:00 / 02.02.2016
12788

«Luxury Furniture Business» MChJ sun'iy tolalali iplar, tikuv furnituralari va aksessuarlarini taklif etadi

Tikuv fabrikalari egalari, tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy tadbirkorlar diqqatiga! Jizzax erkin sanoat zonasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan «Luxury Furniture Business» mas'uliyati cheklangan jamiyati yurtimizdagi barcha tikuv fabrikalari, xususiy tadbirkorlar uchun import o‘rnini bosuvchi sun'iy tolalali iplar, tikuv furnituralari va aksessuarlarining boy assortimentini taklif etadi.
Xitoyning jahonga mashhur Shanghai Songhai Industrial Trading Corporation, Ruian Ruipai Machinery Co. Ltd va Ningbo Dingming Machinery Manufacturing Co Ltd kompaniyalari uskunalarida va patenti asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar nafaqat sifati, balki arzonligi bilan ham ajralib turadi.


Korxona sun'iy tolali ip, straz, metal va plastikli to‘lqinsimon ilgakli tugma (zastyojka-molniya) hamda BOPP-plyonkalarni ulgurji va chakana savdo tarmoqlari orqali savdoga chiqargan. Bugungi kunda Andijon, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida «Luxury Furniture Business» MChJning savdo shoxobchalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, tadbirkorlar Toshkent shahridagi “Bek Baraka”, Farhod, bozorlaridagi savdo shoxobchalari orqali sifati xorijnikidan qolishmaydigan, narx masalasida esa ulardan arzon bo‘lgan mahsulot turlarini chakana va ulgurji narxlarda xarid qilishlari mumkin. Yaqin kunlarda esa Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo va boshqa viloyatlarda ham korxonaning mintaqaviy savdo markazlari ish boshlaydi.

Sun'iy tolalali iplar, tikuv furnituralari va aksessuarlarini xarid qilish istagida bo‘lgan tadbirkorlar qo‘shimcha ma'lumotlarni, hamkorlik shartlarini quyidagi aloqa raqamlari orqali bilib olishlari mumkin:
(kod) 253 43 79 / 253 84 76
+998 93 462 82 36
+998 90 134 61 13
+998 90 935 61 50
+998 93 519 89 10

Reklama huquqlari asosida.

Top