21:42 / 02.02.2016
4886

Quddus sudi to‘ydan bosh tortgan kelinni kuyovga 15 ming dollar to‘lash jazosiga tortdi

Quddus yarashtiruv sudi 19 yoshli qizni to‘ydan ikki hafta oldin turmushga chiqish fikridan qaytgani bois kuyovga jarima to‘lashga hukm qildi. Sud erga tegish va'dasini shartnoma sifatida qabul qilib, uni bajarmagan shartnoma tomoni jabrlanuvchiga 60 ming shekel yoki 15 ming dollar to‘lashi lozim, degan qarorga keldi.

Shuningdek, qiz 15 ming shekel yoki 3.8 ming dollar miqdoridagi sud xarajatlarini ham to‘laydigan bo‘ldi.

Top