09:09 / 02.02.2016
9076

Ronaldu taqiqni buzib, «Espanol»ga qarshi o‘yindan keyin yana Marokashga bordi

Madridning «Real» klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu o‘rnatilgan taqiqqa rioya qilmagan holda Marokashga, o‘z do‘sti — kikbokschi Badr Xarini ko‘rish uchun yana bir bor safar qildi. Bu hodisa «Espanol»ga qarshi o‘yindan keyin yuz bergan.

Xabarda aytilishicha, futbolchi oxirgi tur o‘yinida amalga oshirgan xet-trigini do‘sti bilan nishonlashni istagan.

Qayd etish kerakki, jamoa prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Zinedin Zidan uning Marokashga qiladigan safarlari jismoniy holatiga salbiy ta'sir o‘tkazishidan xavotir va noroziliklar bildirib kelishardi.

O‘tgan oyning ikkinchi yarmida rahbariyat «Real» klubi imijiga zarar yetkazmaslik maqsadida Ronalduga marokashlik do‘sti oldiga tez-tez borib turishni taqiqlagandi.

Top