Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:19 / 02.02.2016
7531
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya kommunal xizmatlari xodimlari yo‘ldagi o‘radan mashinani chiqarib olishga urinishda uni ikkiga bo‘lib yubordilar
Moskva viloyatidagi Jukovskiy shahri kommunal xizmatlari xodimlari o‘raga tushib ketgan Fiat avtomobilini tortib chiqarib olishga urinishda bexosdan uni ikkiga ajratib yuborib, tiklab bo‘lmaydigan holga keltirishdi.
O‘ra harorat o‘zgarishi oqibatida kanalizatsiya quvurining yorilishi va kommunalchilarning aytishicha, "vaqti yetib kelgani" sababli yuzaga kelgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish