Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Turkiyadan A321 samolyoti qurbonlari yaqinlari uchun tovon puli talab qilishi mumkin
Moskva agar "Kulrang bo‘rilar" ("Bo‘zqurtlar") turk millatchi tashkiloti Misrda Rossiyaning A321 samolyoti falokatiga aloqadorligi isbotlansa, Turkiyadan aviafalokat qurbonlari yaqinlari uchun tovon puli talab qilishi mumkin. Bu haqda Rossiya Mudofaa va xavfsizlik federatsiyasi kengashi qo‘mitasi raisi Viktor Ozerovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Agar bu ma'lumot tasdiqlansa, unda Rossiya halok bo‘lgan fuqarolari va samolyot uchun so‘raydigan tovon pulini Turkiyadan talab qilishi mumkin", deb aytdi Ozerov.
Uning aytishicha, hozircha Rossiya hech kimdan "rasman tovon puli talab qilmagan".
"Biroq qurbonlar yaqinlari turli da'vo arizalarini, xususan Misr hukumatiga, tayyorlamoqdalar. Agar "Kulrang bo‘rilar" borasidagi ma'lumot tasdiqlansa, unda da'vo arizalari Turkiyaga yo‘llanadi", deb aytmoqda Ozerov.
Avvalroq qurbonlar yaqinlari Nyu-York sudiga murojaat qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish bilan shug‘ullanayotganlari ma'lum qilingandi.
Ular sudga "Kogalymavia" aviakompaniyasiga A321 samolyotini bergan AQShning "International Lease Finance Corporation" lizing kompaniyasi ustidan jamoaviy da'vo arizasi topshirmoqchilar.