Jahon | 21:05 / 02.02.2016
9147
1 daqiqa o‘qiladi

Su-34 qiruvchisi Su-24ning halok bo‘lgan uchuvchisi nomi bilan ataladi

Rossiya mudofaa vazirligi Lipetsk aviamarkaziga berilgan Su-34 qiruvchilaridan biriga Su-24ning halok bo‘lgan uchuvchisi Oleg Peshkovning nomini berdi. Bu haqda Lipetsk shahar deputatlari kengashining rasmiy sayti orqali xabar berildi.

Mudofaa vazirligining tegishli so‘rovi Lipetsk garnizoni zaxira zobitlari tomonidan qabul qilindi. Lipetsk shahar kengashining huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida ijobiy qaror qabul qilingani ma'lum bo‘ldi.

Oleg Peshkov Turkiya hududiga kirib qolgan Rossiya samolyotining uchuvchisi bo‘lib, uning havo kemasi Turkiya havo kuchlari tomonidan urib tushirilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish