Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tata Motors avtokonserni Zika virusi tufayli yangi xetchbeki nomini o‘zgartiradi
Hindistonning Tata Motors avtokonserni Zica nomi ostida chiqarilgan yangi xetchbeki nomini Zika virusi tufayli o‘zgartiradi. Bu haqda Financial Times nashri xabar tarqatgan.
Kompaniyadagilarning ma'lum qilishicha, Zica nomi Zippy Car atamasidan ("tezkor mashina") olingan va Zika virusiga aloqador emas.
Yangi modelning taqdimoti 3-9 fevral kunlari davomida Nyu-York shahrida o‘tkaziladigan Auto Expo tashkillashtirilishi kutilmoqda. Shuning uchun, kompaniya bu taqdimot davomida nomni o‘zgartira olmaydi, yangi nomni Tata Motors taqdimotdan bir necha haftadan keyin e'lon qiladi.