22:05 / 02.02.2016
25819

Tojikiston O‘zbekistondan qarzini uzdi

O‘tgan yili Tojikiston O‘zbekiston va Qozog‘iston oldidagi qarzdorlikni butunlay uzdi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri o‘rinbosari Jamshed Karimzodaga tayangan holda AsiaPlus nashri xabar bermoqda.

Uning ta'kidlashicha, o‘tgan yil boshida qarzdorlik miqdori O‘zbekiston oldida 8 mln dollarni, Qozog‘iston oldida esa 12.2 mln dollarni tashkil qilayotgan edi.

2016 yil boshida Tojikistonning umumiy tashqi qarzi 2 mlrd 182.65 mln dollarni tashkil qildi. Bu YaIMning 27.8 foizini tashkil qiladi.

Top