11:09 / 02.02.2016
6044

Turkiya vaziri: Anqara Rossiyaning bug‘doyidan voz kechib, unga katta zarar yetkazishi mumkin

Turkiyaning Qishloq xo‘jaligi vaziri Faruk Chelik Anqara Rossiya bug‘doyi importidan voz kechib, uning iqtisodiyotiga milliard dollar zarar yetkazishi mumkinligini aytib o‘tdi. Vazirning so‘zlari Hurriyet gazetasida 1 fevral kuni chop etildi.

“1 yanvardan Rossiyaga meva-sabzavotlar eksport qilish to‘xtatildi. Rossiya bizdan bir yilda 750 million dollarlik meva va sabzavot sotib oladi. Bizning xarid esa 1,1 milliard dollarlik bitta pozitsiya – bug‘doydan iborat. Agarda biz Rossiyadan uning importini taqiqlasak, ko‘proq zarar yetkazgan bo‘lamiz. Biroq biz buni qilmaymiz, biz sabrliroqmiz”, - dedi u.

Chelikning qo‘shimcha qilishicha, bo‘lib o‘tgan ishlar uchun fermerlar tovon to‘lamasliklari lozim.  

Top