Ukraina tomonidan 15 yanvar kuni Rossiyani aylanib o‘tadigan “Ipak yo‘li” orqali yuk tashish maqsadida yuborilgan tajriba konteyner poyezdi eson-omon manziliga yetib bordi, deb xabar qiladi “112 Ukraina”.
“Konteynerlar olib chiqildi, birinchi tajribaviy bosqich anchayin muvaffaqiyatli o‘tdi deyish mumkin”, - dedi Ukraina infrastruktura vazirligi matbuot xizmati xodimi. Ilgari xabar qilinganidek, 24 yanvar kuni poyezd Qozog‘istonda ikki kunga ushlab qolindi. Hujjat muammolari hal qilinganidan so‘ng poyezd Jyezqazg‘an-Saksovul-Beynov temir yo‘l liniyasi orqali Do‘stiq stansiyaga yo‘l oldi.