07:26 / 02.02.2016
2749

«Valensiya» Cherishevni o‘z tarkibiga qo‘shib olgani haqida e'lon qildi

Madridning «Real» jamoasi yarim himoyachisi Denis Cherishev o‘z faoliyatini «Valensiya» klubida davom ettiradi.

«Valensiya» uni 2016 yilning 30 iyuniga qadar ijaraga olgan.

Bugun u yangi jamoasi bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Ushbu 25 yoshli yarim himoyachiga «Sevilya» va «Liverpul» jamoalari ham qiziqish bildirayotgandi.

Rossiyalik futbolchi joriy mavsumda "Real" safida atigi 118 daqiqa harakat qilib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Top