00:02 / 02.02.2016
5581

Xitoy lunoxodi tomonidan suratga olingan Oyning rangli suratlari chop etildi

Xitoyning milliy koinot boshqarmasi Xitoyning "Yuytu" lunoxodi va avtomatik sayyoralararo stansiyasi tomonidan yig‘ilgan ma'lumotlarga kirishga ijozat berdi, deb xabar bermoqda TechCrunch nashri.

Chop etilgan suratlarda Oy manzaralari hamda lunoxoddan qolgan izlar tasvirlangan.

Nashr muallifining aytishicha, u ikkita kameradan 35 Gbayt ma'lumot yuklab olgan.

"Yuytu" lunoxodi oxirgi 40 yildan beri Oyda ishlayotgan birinchi lunoxoddir. Bungacha Oy 1973 yilda u yerga yetkazilgan sobiq ittifoqning "Lunoxod-2" qurilmasi yordamida tadqiq qilingan. Bu lunoxod Yer yo‘ldoshini 4 oy davomida o‘rgangan.

Xitoy lunoxodi 2013 yil dekabrida uchirilgan va Oyga 14 dekabrda yetib kelgan.

Ayni vaqtda Xitoy 2018 yilda Oyga yuboriladigan va uning orqa tomonini o‘rganadigan navbatdagi missiyani tayyorlamoqda. Xitoy hukumatining ta'kidlashicha, missiya faqatgina tinchlik xarakteriga ega bo‘ladi.

Top