21:03 / 03.02.2016
3519

Apple singan “aqlli” soat sabab sudlashdi

Apple kompaniyasi Apple Watch Sport aqlli soatlarining oynasiga shikast yetgan taqdirda qoniqarli ta'mirlashga kafolat yo‘qligini bildirdi. Singan gadjyet egasi ishlab chiqaruvchi ustidan sudga ariza berdi va yutib chiqdi, deya xabar berdi BBC News.

32 yoshli uelslik Garet Kross 2015 yilning iyul oyida Apple Watch Sport aqlli soatini sotib olgandi. O‘n kun o‘tgach, gadjyetning Ion-X oynasida kichik chatnash borligini payqab qoldi va aqlli soatlarni ta'mirlovchi Apple servis markaziga murojaat qildi.

Biroq servis markazi xodimlari soatni ishonchli ta'mirlashga kafolat yo‘qligini bildiradi. Shundan so‘ng, Garet Kross yolg‘on reklama va sotib oluvchilarni chalg‘itish yuzasidan sudga ariza yozadi.

Sud jarayonlari yarim yilga yaqin davom etgan. Kross bu davrda yo‘qotgan vaqti va asablariga achinmasligini bildirgan. Eng muhim, kompaniya bundan buyon yanada hushyor bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

Qizig‘i shundaki, sud jarayonlari yakunlanishi bilan Apple kompaniyasi aqli soatlarning texnik imkoniyati haqidagi ma'lumotlarga o‘zgartish kiritdi. Ya'ni Apple Watch Sport aqlli soatidan “zarbga chidamli” degan qismini olib tashladi.

Top