17:36 / 03.02.2016
5701

Eronda ko‘krak bezi saratoniga qarshi samarali preparat yaratildi

Eronlik olimlar guruhi nanotexnologiyalardan foydalanib, ko‘krak bezi saratoniga qarshi yaxshi samara beradigan yangi preparat ishlab chiqishdi. Sintezlashgan nano-dorining klinik sinovlari sichqonlarda o‘tkazilgan va mazkur yangi dori saratonga oid kasalliklarni davolashda yuqori samaraga ega ekani aniqlangan.

Tadqiqotlar chog‘ida organizmdagi shishlar to‘qimalarining o‘lchamlarini kuzatib borishdi. Dori ma'lum miqdorda ta'sir qilib, to‘qimalarning ayrim qismlaridagi konsentratsiyani ta'minlagani qayd etildi. Bu shuni ko‘rsatadiki, dorining tananing sog‘lom qismlariga qo‘shimcha ta'siri kam. Ya'ni uning zaharlilik darajasi oz.

Yangi dori vositasi yadrosi atrofi temirning magnitli nanozarrachalari bilan qoplangan polimer matritsadan tayyorlangan.

Top