01:12 / 03.02.2016
5237

Sayyohlar uchun eng ma'qul shaharlar aniqlandi

Euromonitor ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 yilda Gonkongga 27,7 mln, Londonga 17,3 mln, Singapurga 16,2 mln sayyoh tashrif buyurgan. Shuningdek, sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan shaharlar beshtaligidan Bangkok (16,2 mln) va Parij (14,9 mln) ham o‘rin oldi.

Eng ko‘p tashrif buyuriladigan shaharlar yuztaligidan Moskva va Sankt-Peterburg (mos ravishda 31 va 69-o‘rinlar) ham o‘rin oldi.

Euromonitor bu ro‘yxatni tuzishda aeroportlar, mehmonxonalar va sayyohlik firmalarining xorijiy tashriflar bo‘yicha ma'umotlarini hisobga olgan. Reytingdan Xitoy va AQSh shaharlari eng ko‘p o‘rin olgan, bu davlatlardan 7 tadan shahar reytingga kiritilgan.

Euromonitor ma'ruzasida aytilishicha, shahar sayyohligi uchun yetakchi hudud Osiyo bo‘lib qolmoqda. Osiyoga reytingdan o‘rin olgan shaharlarning taxminan uchdan biri to‘g‘ri kelgan. Shahar sayyohligi yo‘nalishida eng ko‘p ommaboplikka erishayotgan shaharlar sifatida Hindiston va Vetnam shaharlari aytilgan.

Ma'ruzada ta'kidlanishicha, Yevropaning qadimiy shaharlari "tashrif buyurish lozim bo‘lgan joylar" bo‘lib qolayotgan bo‘lsa ham, sayyohlar bu shaharlarga Osiyo shaharlaridan kamroq tashrif buyurmoqdalar.

Top