Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mutko: Rossiya FIFA prezidentligi uchun Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi
Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko FIFA prezidentligi uchun nomzod bo‘lgan UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino bilan uchrashuvidan keyin, Rossiya futbol ittifoqi (RFI) saylovlarda aynan uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirib o‘tgan.
«Umuman olganda biz doim aloqada bo‘lib kelganmiz. Bugun Rossiya futboli hukumati Infantinoni qo‘llab quvvatlashini bildirdi», – deya Mutkodan iqtibos keltiradi TASS.
Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidentligi uchun saylovlar 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Unda nomzod sifatida beshta da'vogar ro‘yxatga olingan.
FIFA prezidentligi uchun besh nafar nomzod ro‘yxatga olindi
Rossiya Infantinoni FIFA prezidentligi uchun saylovda qo‘llab-quvvatlaydi