12:20 / 03.02.2016
3320

OAV: Vidal "Bavariya"ning Qatardagi qishki yig‘ini vaqtida maishatbozlik bilan mashg‘ul bo‘lgan

"Bavariya"ning chililik yarim himoyachisi Arturo Vidal jamoaning Qatarda o‘tkazilgan qishki yig‘ini vaqtida ichki tartiblarni bir necha marta qo‘pol ravishda buzgan va bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning g‘azabini keltirgan.

Sport Bild nashrining yozishicha, u qishki yig‘in vaqtida bir necha marta jamoa qarorgohini ruxsatsiz tark etgan va mast holatda qaytgan. Gvardiola shundan so‘ng futbolchini ishga noprofessional tarzda yondashishda ayblagan, keyin bosh murabbiy va futbolchilar o‘rtasida jiddiy munozaralar kelib chiqqan. Bu ma'lumot jamoaning o‘z nomini sir saqlashni so‘ragan futbolchisi tomonidan nashrlarga chiqarib yuborilgan.

Ma'lumot uchun, Vidal 2015 yilning yozida "Yuventus"dan "Bavariya"ga o‘tgandi. Keyinroq, Gvardiola de Bryuyneni hamda Rahim Sterlingni transfer qilishni so‘ragani, lekin rahbariyat Vidalni tanlagani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. O‘tgan yilning oxirida esa Gvardiola mavsum yakunida jamoadan ketishini e'lon qildi. Biroz oldinroq, u hozirda tarkibiga de Bryuyneni hamda Rahim Sterlingni jalb qilgan "Manchester Siti"da faoliyatini davom ettirishi ma'lum qilindi.

Vidal mavsumning birinchi davrasida 28ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol urdi.

Gvardiola o‘zi va shogirdlari o‘rtasidagi munosabat yomonlashgani haqidagi xabarlarni inkor etdi

"Bavariya" jamoaning ichki muhiti yomonlashgani haqida nashrlarga axborot chiqargan futbolchisini aniqlamoqchi

Top