10:09 / 03.02.2016
3508

Reuters: Rossiya davlat kompaniyalari faqatgina rossiyalik oligarxlarga sotilishi mumkin

Rossiyaning yirik davlat kompaniyalari aksiyalari paketlari va aktivlarini faqatgina rossiyalik oligarxlar sotib olishi mumkin. Bu haqda Reuters axborot agentligi hukumat a'zolari, xususiylashtirish bo‘yicha uchrashuvlar va hozirda aktivlarga qiziqish bildirayotgan bozor ishtirokchilariga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Rossiya neft narxlari qulagani sababli byudjyet defitsitini oshirib yubormaslik uchun xususiylashtirishni o‘tkazishga majbur. Rossiya hukumati davlat g‘aznasini to‘ldirish uchun davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejasini amalga oshirishini e'lon qildi, biroq davlat aktivlarini qo‘shimcha soliq bilan yuklanadigan rossiyalik oligarxlarga sotmoqchi.

"Yagona ishchi variant – Kremlga ro‘yxush beradigan rossiyalik oligarxlarni davlat kompaniyalaridagi ulushlarni bozor narxlaridan qimmatroq narxda sotib olishlariga ilhomlantirishdir. Bu qo‘shimcha haq Rossiya prezidenti boshqaruvi uslubidagi "ro‘yxushlik uchun soliq" bo‘ladi", deb aytdi agentlikka xususiylashtirishga yaqin bo‘lgan bankir.

Agentlikning hukumatdagi manbalari hukumat xususiylashtirishdan 500 dan 800 mlrd gacha rubl olmoqchi ekanini aytmoqdalar. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya hukumati «Rosneft», «Bashneft», «Sovkomflot», ALROS va VTB moliya guruhini sotmoqchi.

Top