Sport | 14:26 / 03.02.2016
2895
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldino «Lester» taklifini rad etdi va faoliyatini Xitoyda davom ettirmoqchi

Braziliyalik tajribali futbolchi Ronaldino Angliyaning «Lester» jamoasidan bildirilgan taklifni rad etgan.

El Mundo Deportivo nashrining yozishicha, 35 yoshli bu futbolchining xizmatlariga "tulkilar" bosh murabbiyi Klaudio Raneri shaxsan qiziqish bildirgandi.

Ayni vaqtda Ronaldino o‘z faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Unga bu davlatdagi bir qator mahalliy jamoalardan takliflar tushgan.

Qayd etish kerakki, «Lester» ayni vaqtda, 24 tur o‘yinlaridan keyin 50 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish