Jamiyat | 00:21 / 03.02.2016
6108
1 daqiqa o‘qiladi

Syorfchi 12 metrlik to‘lqindan qulab tushdi

Tom Doslend ismli syorfchi Gavayidagi musobaqalar vaqtida 12 metrlik to‘lqin ustidan pastga qulab tushdi.

Doslend qulagandan keyin to‘lqin ulkan dengiz mahluqi kabi ko‘ringanini aytdi. Biroq shunga qaramay syorfchi unga chiqib olgan. Biroq to‘lqin ustida uning ko‘ziga suv tushishi oqibatida u bir muddat ko‘rolmay qolgan. "Men yiqilib tushgunimgacha faqatgina tuyg‘ularimga tayandim. Ko‘zimni ocha olganimdagina nima bo‘lishini angladim", deb aytmoqda syorfchi. Ushbu ko‘ngilsizlikka qaramay, sportchi ertasigayoq yana syorf uchishni davom ettiraverdi.