Jahon | 09:01 / 04.02.2016
1721
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya suriyaliklarga yordam sifatida yana 1,75 mlrd dollar ajratadi

Buyuk Britaniya hukumati 2020 yilga qadar Suriyadagi urushlardan jabrlanganlarga yordam sifatida qo‘shimcha 1,7 mlrd dollar miqdoridagi yordam mablag‘i ajratadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron ma'lum qilgan.

"Biz o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib yaxshi hayot uchun Yevropaga intilayotgan odamlarni o‘z uylarida yaxshi sharoitlar bilan ta'minlashimiz mumkin", degan vazir.

Bu mablag‘lar bilan Suriya fuqarolari uchun ajratilgan jami yordam miqdori 3,36 mlrd dollarga yetadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish