Sport | 12:52 / 04.02.2016
3364
1 daqiqa o‘qiladi

Luis Suares: Ishonchim komilki, Neymar «Barselona»da qoladi

«Barselona» jamoasi hujumchilaridan biri Luis Suares o‘z jamoadoshi, braziliyalik futbolchi Neymarning boshqa jamoaga o‘tib ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Men ishonch bildiramanki, Neymar «Barselona»da qoladi».

Jamoa uni qo‘llab-quvvatlaydi. Men aminmanki, u Kataloniyada yana uzoq yillar davomida to‘p suradi», degan urugvaylik hujumchi.

Biroz oldinroq, Neymarning otasi o‘g‘liga juda saxiy jamoadan jiddiy taklif borligini ma'lum qilgandi.

Neymarning otasi: O‘g‘lim faoliyatining oxirigacha «Barselona»da o‘ynashga majbur emas

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish