16:39 / 04.02.2016
3113

Pan Gi Mun: Suriya inqirozi uchun jahon hamjamiyati javobgar

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun besh yildan buyon tinmayotgan Suriya inqirozi uchun javobgarlik butun jahon hamjamiyati zimmasida ekanligini eslatib o‘tdi. Ushbu bayonot kotibning Twitter’dagi mikroblogida chop etildi.

“Yaqin Suriya inqirozining oltinchi yili boshlanadi, - deyiladi xabarda. – Jahon hamjamiyati uni vaqtida bartaraf qila olmagani bois javobgarlikni to‘laligicha o‘z zimmasida tashimoqda”. Pan Gi Munning so‘zlariga qaraganda, Suriya ichki kuchlari o‘rtasidagi muzokaralar havo zarbalarining kuchaytirilishi tufayli to‘xtab qoldi.

“Muzokaralar doirasidagi dastlabki qadamlar gumanitar yordamning yo‘qligi hamda havo zarbalarining kutilmaganda ko‘payib ketishi va Suriyadagi harbiy faollik tufayli yo‘qqa chiqdi”, - ta'kidladi siyosatchi Londonda o‘tgan Suriya bo‘yicha donor mamlakatlar konferensiyasidagi chiqishida.

Top