14:53 / 04.02.2016
4726

Qozonda Qirg‘iziston fuqarosi fohishani o‘ldirgani uchun 9 yilga qamaldi

Qozon shahrining Novo-Savinovskiy tumani sudi Qirg‘iziston fuqarosi Jahon Xudoyberdiyev fohishani o‘ldirgani uchun 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Gazeta.ru sayti halok bo‘lgan qizning oilaviy advokati Ravshaniya Kamolovaga tayangan holda xabar qilmoqda.

2015 yilning 13 oktabr kuni Xudoyberdiyev 25 yoshli fohisha bilan tanishib, uni o‘z uyiga taklif qilgan va mast holda o‘ldirib qo‘ygan. Sudda u aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Dastlab uning11 yilga qamalishi taklif qilinayotgandi, lekin keyinchalik sud hukmni bir qadar yumshatdi.

Top