17:04 / 04.02.2016
2487

Suzuki’ning Hindiston bo‘linmasi Ford EcoSport uchun raqobatchi yaratdi

Suzuki kompaniyasining Hindistondagi ofisi - Maruti-Suzuki – Vitara Brezza nomli yangi krossoverni yaratdi. Ford EcoSport va Mahindra yo‘ltanlamaslariga raqobatchi bo‘lishi taxmin qilinayotgan model Dehlidagi motorshouda taqdimotdan o‘tkazildi.

Vitara Brezza’ning gabarit uzunligi 3995 mm, kengligi – 1790 mm, balandligi – 1640 mm. G‘ildirak bazasi 2500 mm ga, yo‘lni yoritish uzunligi esa 198 mm ga teng. Maruti-Suzuki’ning yangi ishlanmasi EcoSport’dan 278 mm ga qisqaroq, 25 mm ga kengroq va 11 mm ga balandroqdir.

Mashinani 1.3 l li dizelli dvigatel harakatga keltiradi, uning quvvati 90 ot kuchini tashkil qiladi. Agregat besh bosqichli mexanik o‘tkazmalar qutisi bilan uyg‘unlikda ishlaydi.

Indian Autos Blog ma'lumotlariga qaraganda, modelning standart ta'minoti ro‘yxatiga xavfsizlik yostig‘i, audiotizim, oynalarning elektronazorati, konditsioner hamda old oynalarni elektr ko‘targich kiradi.

Top