00:41 / 05.02.2016
6201

Aktyor Jorj Kluni rafiqasiga qanday qilib turmushga chiqish taklifini bildirgani haqida so‘zlab berdi

Gollivud aktyori va rejissyori Jorj Kluni o‘zining rafiqasi, huquqshunos Amal Alamuddinga qanday qilib turmushga chiqish taklifini bildirgani haqida so‘zlab berdi. Bu haqda People nashri xabar bermoqda.

Aktyorning aytishicha, u barchasini oldindan rejalashtirib qo‘ygan. U sevgan yoriga taklif bildirish paytida musiqa sifatida o‘zining xolasi Rozmari Kluni ijrosidagi "Why Shouldn't I" qo‘shig‘ini yoqib qo‘ygan. Bundan tashqari, Kluni kechki ovqat tayyorlab, uzukni tortmaga yashirib qo‘ygan.

Tanovuldan keyin Alamuddin, Klunining aytishicha "avval hech qachon qilmagan ishi", ya'ni idish-tovoqlarini yuvgani o‘rnidan turgan. Aktyor bo‘lajak rafiqasidan nima qilayotganini va Amalning orqaga qaytishini so‘ragan. "Nihoyat men Amalga: "Men shamni o‘chirib qo‘ydim. Yondirgich sening orqangdagi tortmada bo‘lishi kerak", deb aytdim", deb eslaydi o‘sha onlarni Kluni.

Klunining aytishicha, Alamuddin tortmaning ichidagi uzukni ko‘rib, "Bu uzuk" deb hech narsa bo‘lmagandek bamaylixotir aytgan. "Go‘yoki bu uzukni kimdir bu yerda qoldirib ketgandek", deb qo‘shimcha qilmoqda aktyor.

Jurnalning yozishicha, Kluni o‘z niyatini yuz imo-ishoralari bilan tushuntirishga harakat qilgan. Amal buni tushunavermagach, aktyor oxir-oqibat rafiqasi oldida tiz cho‘kib, usiz hayotini tasavvur qila olmasligini aytgan. Aktyorning aytishicha, bu jarayon 25 daqiqaga yaqin davom etgan.

Top