09:01 / 05.02.2016
7068

BMT MARda tinchlikparvar kuchlar tomonidan nomusga tegishning yangi holatlari haqida xabar berdi

BMTning Markaziy Afrika Respublikasidagi missiyasi tomonidan bu davlatda BMTning tinchlikparvar kuchlari tomonidan nomusga tegishning yangi 7 ta holati qayd etildi.

Bu tajovuzlar haqida Human Rights Watch xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti vakillari 4 fevralda chop etilgan hisobotlarida ma'lum qilishdi.

Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu jinoyatlar 2015 yilning oktabridan dekabrigacha Bambari shahrida sodir etilgan. Huquq himoyachilari buning isboti sifatida tajovuzga uchragan o‘smirlarning dalillarini keltirmoqdalar.

2015 yilning iyunida BMT MARda fransuz harbiylari tomonidan bolalar zo‘rlangani holatlarini tergov qilishni boshlagan. O‘shanda BMT bosh kotibi tashqi mustaqil tergov o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilgani ma'lum qilingandi.

Top