14:43 / 05.02.2016
3392

Boks bo‘yicha Ozarbayjondagi turnirda "O‘zbek yo‘lbarslari" jamoasi "Baku Fayrs"ga qarshi janglar o‘tkazadi

Bugun “O‘zbek yo‘lbarslari” jamoasi Boku shahrida Butunjahon boks seriyasining ikkinchi turida Ozarboyjonning “Azerbayjan Baku Fayrs” klubiga qarshi ringga ko‘tariladi.

O‘zbekiston sharafini Boku ringlarida 52 kg vaznda Abrorjon Qodirov, 60 kg vazn toifasida Elnur Abduraimov, 69 kg vaznda Dostonbek Turdiyev, 81 kgda Shuhrat Abdullayev, 91 kilogrammdan ortiq vaznda esa Sardor Abdullayev himoya qiladi.

Ma'lumot uchun, turnirning birinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi Puerto-Rikoning "Xurikanami" (tarjimasi - bo‘ron) jamoasini 5:0 hisobida yenggandi. Ozarbayjonliklar esa birinchi turni amaldagi chempionlar "Astana Arlans" (Qozog‘iston) jamoasiga qarshi o‘tkazib, 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Ayni vaqtda «D» guruhida O‘zbekiston vakillari yetakchi bo‘lib turishibdi.

Top