Jahon | 21:47 / 05.02.2016
12478
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda siam egizaklari tug‘ildi

Hindistonning Agra shahrida yashovchi 20 yoshli ayol bir jigar, ikki yurak, ikki o‘pka, to‘rt qo‘l va to‘rt oyoqqa ega siam egizak qizchalarni dunyoga keltirdi. Bir-biriga chatishib tug‘ilgan chaqaloqlar 34 hafta ichida bir-biridan ajratilishi kerak, aks holda ularning yashab ketishi imkoniyati kun sayin kamayib boraveradi.

Siam egizaklari bir hujayrali egizaklar bo‘lib, homila vaqtida bir-biridan to‘liq ajralmay qoladi va umumiy tana yoki ichki a'zolarga ega bo‘ladi.