23:34 / 05.02.2016
3329

Pellegrini: "Lester" bilan o‘yinda qanday natija bo‘lishidan qat'i nazar chempionlik masalasi hal bo‘lmaydi

"Manchester Siti" jamoasi bosh murabbiy Manuel Pellegrini APLning 25 turida turnir peshqadami "Lester"ga qarshi o‘tkaziladigan markaziy bahs oldidan jurnalistlarning savollariga javob qaytardi. U bu o‘yin chempionlik masalasini hal qiluvchi o‘yin bo‘lmasligini ta'kidlagan.

Jarohatlar haqida

Bizning tarkibimizda bir qator yo‘qotishlar bor. Kompani va Mangalya mashg‘ulotlarga sekinlik bilan qo‘shilayotgandi. Ammo Mangalya mashg‘ulot vaqtida jarohatini yangilab oldi va yana 2 haftani o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Umid qilamanki, 1 haftadan keyin Kompani o‘yinlarga qaytadi. Uning qaytishi o‘ta muhim. Axir hozir bizda asosiy tarkibda tushishi mumkin bo‘lgan 14 nafargina futbolchi qolgan. Oldindagi o‘yinlar esa bundan ko‘p.

Navasning tizzasidagi paylar cho‘zilgan. U kamida 3 haftaga safdan chiqdi. Kutilmaganda Boni ham shuncha vaqtga ketdi. Uning suyaklarida yallig‘lanish kabi og‘ir va og‘riqli holat qayd etilgan.

"Lester" haqida

"Lester" juda yaxshi jamoa va muhimi ularda jarohatlar yo‘q. Ular har hafta muntazam tarkibni maydonga tushirishmoqda. Ular boshqalardan ko‘ra kamroq o‘yin o‘tkazishgan va ko‘proq narsaga erishishgan.

Futbolda pullar barcha narsani hal qilmasligini yana bir bor ko‘rib turibmiz. Albatta, g‘alabalar uchun yaxshi futbolchilarni sotib olish ham kerak. Grand jamoalar har doim bo‘lishgan, ba'zi yillarda esa "Lester" kabi syurprizlar ham chiqib turadi.

"Lester" futbolchilar vaziyatlarda to‘g‘ri fikrlashadi va kerakli vaqtda to‘g‘ri harakatni amalga oshirishadi.

Jamoa rahbariyati bilan ham xuddi shunday. Bu ularga moliyaviy barqarorlik keltiradi. Buning mavridi emasdir balki, lekin eslatib o‘tgan bo‘lardimki, bir nacha yil oldin "Vilyarreal"da ishlaganimda biz ham shunga o‘xshash sharoitda YeChLning yarim finaliga chiqqan, Ispaniya primerosida esa ikkinchi o‘rinni egallagandik.

Ertangi o‘yin mavsumning asosiy o‘yini bo‘ladi deb o‘ylamayman. Biz bu o‘yinda yutsak ham, yutqazsak ham chempionat va chempionlik kurashi tugab qolmaydi. Bu o‘yindan keyin ham ikki jamoada ham nazariy maksimum jihatidan yana hali 39 ochko to‘plash imkoniyati saqlanib qoladi. Bu o‘yin yaxshi o‘yin bo‘lishi mumkin, muhim o‘yin bo‘lishi mumkin, lekin hal qiluvchi o‘yin bo‘lmaydi.

Gvardiola haqida

"Shuni aytishim kerakki, Gvardiola mening o‘rnimni egallashi haqidagi qaror mening roziligim bilan qabul qilingan. Hech kim mening ortimdan ish qilmadi. Hozir hozirgi mavsum haqida gaplashganimiz ma'qul, keyingisi haqida emas. Mendan jamoa o‘yini haqida so‘rang", deydi Pellegrini.

Klaudio Raneri: Chempionlikmi? Obama bo‘lmasamda, «Yes We Can» deya kuylashim mumkin

Top