Qorbo‘ron o‘ynash uchun qor otuvchi pulemyot o‘ylab topildi
Qish qor uyumlarida uzala tushish, chanalarda, chang‘ilarda mazza qilib sirpanchiq uchish va albatta, do‘stlar, yaqinlar bilan qorbo‘ron o‘ynash uchun ajoyib vaqtdir.
Qorbo‘ron o‘ynashda "raqib"ning otayotgan qorlaridan vaqtida qochish uchun yaxshigina tayyorgarchilikka ega bo‘lish kerak bo‘ladi. Biroq agar senga qor bilan "hujum qilayotganlar" ko‘p bo‘lsayu, sen bir o‘zing bo‘lsang-chi?
AQShlik ixtirochi Mark Rober miyasiga barglarni puflab tarqatuvchi qurilmadan qor otuvchi pulemyot yasash fikri kelgan birinchi odam bo‘ldi. Pulemyotning qo‘lbola o‘qdoni 15 taga yaqin qorni sig‘dira oladi. Mark havoni boshqarish bilan qor snaryadlari tezligi va qor otish sur'atini boshqaradi. Qor otishning bittalab, yarim avtomatik holda va pulemyot zalpi bilan qor otadigan uchta sur'ati mavjud.
Bunday "vajohatli" pulemyot bilan "raqiblar armiyasi" ham cho‘t bo‘lmay qoladi.