09:17 / 05.02.2016
5317

Toshkent Shimoliy vokzalidagi pochta binosida yong‘in sodir bo‘ldi

5 fevralga o‘tar kechasi Toshkent shahridagi Shimoliy vokzalning o‘ng tomonida joylashgan pochta aloqasi bo‘limi binosida yong‘in yuz berdi. Yong‘in vaqtida yondosh ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Hozircha yong‘in sabablari haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Darakchi.uz saytida voqea joyida olingan suratlar keltirilgan.

Taqdim etilgan videolavhada voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar ishlayotgani guvohi bo‘lish mumkin.

Yong‘inning kelib chiqish sabablari haqida keyinroq batafsil ma'lumot berilishi aytilgan.

Top