22:01 / 05.02.2016
2409

Xitoyda mushak zavodida portlash yuz berishi natijasida 8 kishi halok bo‘ldi

5 fevral kuni Xitoy janubidagi Guychjou viloyati hududidagi pirotexnikalar ishlab chiqariladigan zavodda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, bu portlash natijasida 8 kishi halok bo‘lib, 9 kishi jarohatlangan.

Manbaning yozishicha, Anshan okrugidagi Machan shahrida yuz bergan bu hodisa xodimlar zavod hududidan xavfli moddalardan iborat chiqindilarni olib chiqayotgan vaqtda yuz bergan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bu hodisa tafsilotlarini tekshirmoqda.

14 yanvar kuni Kayfen okrugida ham pirotexnika vositalari tayyorlanadigan zavodda portlash sodir bo‘lgan va 10 kishi halok bo‘lib, 7 kishi jarohatlangandi. Shunga o‘xshash hodisa 20 yanvar kuni Shanjao okrugida (Tszyansi viloyati sharqida) takrorlanib, 3 kishining o‘limiga hamda 50 nafardan ortiq kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgandi.

Xitoyda mushak fabrikasidagi portlash oqibatida 25 kishi jarohatlandi

Top