14:17 / 06.02.2016
13949

"Kitob olami" do‘konidagi kitoblarni CLICK orqali xarid qilish imkoni yaratildi

O‘rta Osiyodagi eng yirik kitob do‘koni sanalmish "Kitob olami" do‘konida kitob savdosiga eng ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tadbiq etilmoqda.

"2016 yildan boshlab, majmua xaridorlari CLICK xizmatidan foydalangan holda "Kitob olami"dan o‘zlari uchun manzur bo‘lgan mahsulotlar, jumladan, jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar", deb xabar bermoqda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi rasmiy sayti.

Endilikda CLICK foydalanuvchisi "Kitob olami" do‘konining www.kitobolami.uz saytidan 50 mingdan ziyod nomdagi kitoblardan istalganini tanlab, uyali telefon orqali to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

Kerakli kitob topilmagan taqdirda saytning o‘zida muallif va kitob nomini ko‘rsatgan holda murojaat qoldirish mumkin. Yaqin vaqt ichida do‘kon mutaxassislari foydalanuvchi bilan bog‘lanib, kitob va eltib berish xizmatining qo‘shimcha to‘lovi xaqida ma'lumot beradi. Tanlagan kitoblar esa O‘zbekiston Respublikasining istalgan hududiga pochta orqali jo‘natiladi.

«Kitob olami» do‘koni haqida 10 ma'lumot (fotoreportaj)

Top