18:51 / 06.02.2016
8736

Nursulton Nazarboyev: Turkiya va Rossiya munosabatlaridagi inqiroz biz uchun ham katta muammoga aylandi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li bilan uchrashdi. Bu haqda Nur.kz davlat rahbari matbuot xizmatiga tayanib xabar qildi.

Xabarda keltirilishicha, uchrashuv vaqtida ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, siyosiy muloqotlar va madaniy almashuvlarni mustahkamlash, transport, energetika, turizm va qurilish infratuzilmalari sohasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Nazarboyev Turkiya atrofidagi voqea-hodisalarning Qozog‘istonga ham ta'siri borligini ta'kidlab, murakkab vaziyatdan chiqish yo‘llarini qidirish lozimligini aytib o‘tdi.

“Sodir bo‘layotganlarning ko‘plab sabablari hamon noma'lumligicha qolmoqda. Suriya va Iroqdagi mojarolar musulmonlar o‘rtasida birdamlikning yo‘qligini ko‘rsatdi. Biz shunday vaziyatga yaqinlashdikki, G‘arbda sunniylar va shialar o‘rtasidagi qarama-qarshilik avvalroq hal etilishi mumkin edi. Biz uchun Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar inqirozi ham katta muammoga aylandi. Har ikki davlat ham bizning muhim ittifoqchilarimiz va sheriklarimizdir”, - dedi u.

Top