21:40 / 06.02.2016
3019

Pokistondagi portlashda 9 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Kvatta shahrida sodir etilgan portlash oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Daily Pakistan nashri.

Portlash shaharning savdo hududida, yaqin atrofda chegara xizmati konvoyi bo‘lganda terrorchi-xudkush tomonidan sodir etilgan.

Halok bo‘lganlar orasida chegara xizmatining 3 nafar xodimi ham bor. Shuningdek, 40 ga yaqin odam, shu jumladan 3 nafar politsiyachi yaralangan.

Portlash uchun javobgarlikni "Tahriq-a Tolibon Pokiston" guruhi o‘z zimmasiga oldi. Bu guruh Afg‘onistonning "Tolibon" guruhi bilan aloqasi yo‘q, biroq u bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Top