Tog‘ chang‘ichisi arqonga bog‘langan smartfonga tog‘dan tushib kelayotganini suratga oldi
Shveytsariyalik tog‘ chang‘ichisi, 25 yoshli Nikolas Vagner arqonga bog‘lab qo‘yilgan smartfonga tog‘dan chang‘ida tushib kelayotganini suratga oldi, deb xabar bermoqda The News Web.
Vagner 3D-printerda suratga olish uchun maxsus Centriphone qurilmasini bosib chiqardi. Bu qurilma arqonga bog‘lab qo‘yilgan smartfonni operator atrofida aylantirishga imkon beradi. Vagnerning aytishicha, u 2 yillik mukammal natijani izlashlardan keyin shunday usulda videoni tasvirga oldi.
Rolik iPhone 6 smartfonida soniyasiga 240 kadr rejimida suratga olingan. Vagnerning aytishicha, izlanishlar davrida birorta ham telefon shikastlanmagan.
Vagner Centriphone’ning 3D-bosma uchun shablonini ochiq foydalanishga qo‘yishga va'da berdi. Vagnerning instagramdagi sahifasida ekstremal suratga olishning boshqa usullari natijalarini ham ko‘rish mumkin.